Erta nikoh va yaqin qarindoshlar o`rtasida nikohning salbiy oqibatlari

Erta nikoh va yaqin qarindoshlar o`rtasida nikohning salbiy oqibatlari

Ma'lumki,   tuman FHDY bo'limi va tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorlikda FHDY bo'limiga nikohdan o'tish uchun murojaat qilgan yosh oila quruvchilar uchun, yoshlarni oilaga tayyorlash o'quv mashg'uloti o'tkazib borilmoqda. Ushbu o'quv mashg'ulotlarga tuman tibbiyot muassasasi va tuman otinoyilari, psixolok hamda tuman oqila ayollar harakati rahbarlari jalb qilinib unda   yosh oilalar o'rtasida oilaviy qadriyatlar, oilani ajrim holatiga olib keluvchi vaziyatlar, qizlarni erta turmushga   berishning salbiy oqibatlari, erta tug'ruq natijasida bolaning nogiron tug'ilishi yosh organizmning hali bola tug'ishga tayyor emasligi yoki onalar va bolalar o'limini yuzaga kelishi mumkinligini tibbiy tomondan isbotlangan shartlari haqida tushintirishlar berilib borilmoqda. Ajrim holatlarini oldini olishda oilada balog'at yoshiga yetatayotgan qizlarimizni oilaga tayyorlash, qaynonalarimizni kelinlariga o'z qizlariday munosabatda bo'lishi, bilmaganlarini birdan yuziga solmasdan o'rgatib farzandlarini oilasi mustahkamligi uchun ko'maklashish, bu kelin hech nima qilishni bilmaydi deb darrov o'g'lini ajratib olishga shoshiladigan qaynonalarga qaynonalar maktabiday bir tarbiya o'chog'ini yaratib berish qanchalar ijobiy natijaga erishish mumkinligi haqida otinoyilarimiz doim o'z maslahatlarini berib boradilar.
Shuningdek, FHDY bo'limimiz tomonidan xalq ta'limi va kasbiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda maktablarda yuqori sinf o'quv-chilari, talaba yoshlar o`rtasida davra suhbatlari, huquqiy targ`ibot tadbirlari o'tkazib boriladi. Bu tadbirlarda yoshlarimizga oila kodeksini 15-moddasiga asosan nikoh yoshi kelin va kuyov uchun o'n sakkiz yosh deb belgilanganligi, 13-moddasiga asosan diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyati yo'qligi, nikoh tuzishda nikohga kirish haqida ariza bilan fuqarolik holati dalolatnomalarni yozish organlariga ariza berganidan bir oydan o'tgandan so'ng  shaxsan ularning ishtirokida amalga oshirilishini, yaqin qarindoshlar hamda erta tug`ruqning tibbiy, ijtimoiy, salbiy oqibatlari haqida huquqiy tushintirishlar beriladi. Bu borada jamiyatimizdagi har bir shaxs o`sib kelayotgan avlodimizga o'zining kerakli maslahat va bilimini berib borish burchi ekanligini unutmasligi kerak.
Rayhona USMANOVA,
tuman FHDYО bo'limi inspektori.