Inson va qonun FIRIBGAR AYOL FOSH QILINDI

Sudlanuvchi Gulnora Rashidova (ismi-sharifi o'zgartirilgan), o'zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritishni o'z oldiga maqsad qilib oladi. Shu maqsadda, 2025-yil iyun oyining o'rtalarida va sentyabr oyining boshlarida, Oqdaryo tumani "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan Davron Xoshimovga tegishli issiqxonasiga borib, unga o'zini Oqdaryo tumani "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'ini raisining yordamchisi deb tanishtiradi. Uni aldab, ishonchiga kirib, "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi nogironligi bor fuqarolarga ehson qilishini aytadi. Shundan so'ng u ehson uchun deb qo'lga kiritgan ushbu pullarni mahallada yashovchi nogironligi bo'lgan fuqarolarga ehson qilmasdan o'zining plastik kartasiga ikki bo'lib 1 000 000 so'mdan jami 2 000 000 so'm pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritadi va o'zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Bundan tashqari, G. Rashidova takroran, o'zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritish maqsadida, 2025-yil sentyabr oyining boshlarida Oqdaryo tumani "Chorbog'" mahallasiga boradi. Mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan tadbirkor Ozod Boybekovga tegishli tovuqxonasiga borib, u bilan uchrashib o'zini Oqdaryo tumani "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'ini raisining yordamchisi deb tanishtiradi. Uni aldab ishonchiga kirib, "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi nogironligi bor fuqarolarga ehson qilishini aytib, 1 500 000 so'm pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritadi va o'zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Sudlanuvchi G.Rashidova sudda o'z aybiga iqrorlik bildirib, quyidagicha bayonot berdi. U turmush o'rtog'i bilan ajrashib, ikki nafar farzandi bilan onasining yashash uyida yashab kelayotganligini, ro'zg'orini yolg'iz o'zi tebratib kelishligini, uning bir nafar o'g'lini bir tomoni ishlamasdan nogiron bo'lib qolganligini aytadi. Unga ko'p pul ketganligi sababli u odamlardan ehson uchun biroz pul yig'ib ro'zg'orini tebratib kelgan. Shu boisdan odamlardan pul terib olish maqsadida Oqdaryo tumani "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'iniga kelib, o'zini "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'ini raisining yordamchisi deb tanishtiradi. Mahallada yashovchi fuqarolarning nogiron farzandlariga ehson qilishingiz kerak deb zavod boshlig'i Davron akani aldab undan jami 2 000 000 so'm, tovuqxona boshlig'i Ozod akadan 1500 000 so'm pullarni o'zining plastik karta raqamiga tash- latib oladi. Mahallada yashovchi nogiron bolalari bor shaxslarga ehson uchun deb olingan pullarni bermasdan, o'zining shaxsiy ehti-yojlariga ishlatib yubo-radi.
Shundan so'ng u 2025-yil 24-dekabr kuni yana "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan issiqxona egasi Davron akaga telefon qilib, yana mahallada yashovchi fuqarolarning nogiron farzandlariga ehson qilishingiz kerak deganida u kishi unga bo'ldi, qilamiz deb telefonini o'chiradi. So'ngra u plastik karta raqamini tashlab beradi, lekin u kishi unga qaytib telefon qilmaydi. Oradan bir kun o'tib, unga notanish bo'lgan bola telefon qilib: "Sizga yordam qilaman", deb uni "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'iniga chaqiradi. Ming afsuski, u "Chorbog'" mahalla fuqarolar yig'iniga kelgan vaqtida uni IIB xodimlari kutib oladi. Shu tariqa uning Ozod aka va Davron akani aldab, ehson uchun deb firibgarlik yo'li bilan olgan pullari fosh bo'ladi.
Hozirgi kunda u O.Boybekov va D.Xoshimov-larga yetkazilgan zararlarni to'liq qoplash maqsadida Samarqand viloyat IIB depozit hisob raqamiga pullarni qo'yganligini, uning sakkiz yoshli voyaga yetmagan farzandi nevrologiya bo'limida davolanib kelayotganligini, farzan-dining sudurgisi borligini, ushbu pullarni farzandini davolash uchun ushbu jinoyatni sodir qilganligini, sodir qilgan qilmishidan pushaymon ekanligini, unga nisbatan qonuniy yengillik berishlikni so'rab ko'rsatma berdi.
Sud hukmiga ko'ra, Gulnora Rashidovaga O'zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining "b" bandi bilan JKning 57-moddasi qo'llanib, ish haqining o'n besh foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil-u 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
T.ALMAMATOV,
Samarqand viloyat sudining sudyasi.







