MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH MAQSADIDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"- gi qarorining 7-bandiga asosan umumta'lim maktablarida Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi lavozimini tashkil etish hamda amalga oshirgan ishlari bo'yicha yillik hisobotini Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar va tuman bo'linmalari tomonidan qabul qilish hamda tuman (shahar) Kengashlariga tahliliy ma'lumot kiritish belgilab qo'yilgan.
Bugungi kunda tumandagi mavjud 57 ta umumta'lim maktablarida 55 nafar (to'liq) IMMBT lar faoliyat yuritib kelmoqda. Тумандаги 57 ta umumta'lim maktablari Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilarning 2021-2022- o'quv yilida amalga oshirgan ishlari bo'yicha Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi тuman bo'linmasi tomonidan yillik hisobotlari joriy yilнинг 9, 10-iyun sanasida 20-IDUMda ishchi guruh tomonidan qabul qilindi. Hisobotlarni tahliliy natijalariga ko'ra tumandagi 45, 47, 1, 2, 4, 5, 7, 13, 16, 18, 19, 20, 21, 24, 26, 28, 34, 36, 38, 39, 40, 41, 44, 48, 52, 53, 55, 56-umuta'lim maktablari Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilarning yillik hisobotlari qabul qilinganda olib borilgan ishlar ko'lami hamda samaradorli inobatga olinib namunali deb topildi. Tumandagi 3, 6, 8, 10, 12, 14, 22, 23, 27, 29, 31, 32, 37, 43, 49, 51, 57-umumta'lim maktablari Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilarning yillik hisobotlari qabul qilinganda olib borilgan ishlar ko'lami hamda samaradorligi yaxshi yo'lga qo'yilganligi inobatga olindi. Tumandagi 11,15,17, 25,30,33,35,42,46,50-umumta'lim maktablari Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilarning yillik hisobotlari qabul qilinganda olib borilgan ishlar ko'lami hamda samaradorligi bo'yicha kamchiliklar mavjudligi inobatga olinib, qoniqarsiz deb topildi.
Ushbu tahliliy natijalarga ko'ra Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi tomonidan ish faoliyatida kamchiliklar mavjud Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilarga yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tushunchalar va takliflar berildi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand viloyat bo'limi, viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi, O'zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo'limining 2021-yil 12-noyabrdagi 3, 152, 5, 3-sonli qo'shma qaroriga asosan tumanda umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi lavozimiga munosib nomzodlarni saralash va tavsiya etish bo'yicha doimiy ravishda faoliyat yurituvchi tanlov komissiyasining tarkibi tasdiqlangan. Ushbu komissiyaning, IMMBT lar faoliyatini o'rganishi bo'yicha ularning ish faoliyati toifalandi. 
Bunga ko'ra: 1, 2, 3, 4, 5, 7, 8, 9, 12, 13, 14, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 26, 28, 31, 34, 36, 38, 39, 40, 41, 44, 45, 47, 48, 52, 53, 54, 55, 56-maktablarni yashil toifaga, 6, 10, 15, 27, 29, 30, 32, 33, 35, 37, 43, 49, 50, 51-maktablarni sariq toifaga, 11, 17, 25, 42, 46, 50-maktablar qizil toifaga munosibligi aniqlandi.
Komissiya tarkibidagi ayrim lavozimlarda o'zgarishlar bo'lganligi sababli komissiya tarkibiga o'zgartirishlar kiritildi.
Yuqoridagi qo'shma qarorga ko'ra  tumandagi 11, 17, 42, 43, 46, 50, 28-maktablarga IMMB targ'ibotchilikka yangi nomzodlarni sinovdan o'tkazish masalasi ko'rib chiqiladi.
Bunyod ASHUROV,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi rahbari.