XAYOLDAGI ORZU

Orzu boshqalarga mehr bilan munosabatda bo'lishga va hech qachon o'zingizdan voz kechmaslikka undaydi.
Qadim zamonlarda juda dangasa va bir vaqtning o'zida kambag'al bo'lgan bir ruhoniy yashagan. U hech qanday og'ir ish qilishni xohlamadi, lekin bir kun kelib boy bo'lishni orzu qilardi. Ovqatini sadaqa so'rab oldi. Bir kuni ertalab sadaqa sifatida bir qozon sut oldi. U juda xursand bo'lib, bir idish sut bilan uyiga ketdi. U sutni qaynatib, biroz ichdi va qolgan sutni qozonga soldi. U sutni tvorogga aylantirish uchun qozonga ozgina tvorog qo'shdi. Keyin uxlash uchun yotdi.
Ko'p o'tmay u uxlab yotgan chog'ida tvorogni tasavvur qila boshladi. Agar u qandaydir yo'l bilan boyib ketsa, uning barcha qashshoqliklari o'tib ketishini orzu qilardi. Uning xayollari tvorog hosil qilish uchun qo'ygan sut qozoniga aylandi. U orzu qilardi; "Ertalab sut solingan idish qotib, tvorogga aylanadi. Men tvorogni maydalab, undan sariyog' eyardim. Sariyog'ni qizdirib, undan yog' pishirar-dim. Keyin uni bozorga borib sotaman. Eh-hee, ko'p pul ishlayman. Bu pulga men tovuq sotib olaman. Tovuq may oyida tuxum qo'yadi va ko'p tovuq bo'ladi. Bu tovuq o'z navbatida yuzlab tuxum qo'yadi va menda yaqinda parrandachilik fermasi bo'ladi. Mening o'zimniki". U tasavvur qilishda davom etdi.
"Men parrandalarimning barcha tovuqlarini sotib, sigir sotib olaman va sut zavodi ochaman. Mendan barcha shaharliklar sut sotib oladi. Men juda boy bo'laman va tez orada zargarlik buyumlarini sotib olaman. Podshoh barcha taqinchoqlarni sotib oladi mendan. Shunchalik boy bo'lamanki, boy oiladan bo'lgan juda go'zal qizga uylanaman. Yaqinda chiroyli o'g'il ko'raman. U har qanday yomonlik qilsa, juda jahlim chiqadi va unga saboq beraman va katta tayoq bilan uraman". U tushida  beixtiyor karavoti yonidagi tayoqni ko'tarib, o'g'lini urayotganini o'ylab, tayoqni ko'tarib, qozonga uradi. Sut solingan qozon sindi va u kunduzgi tushidan uyg'ondi.
Axloqiy: Mehnatning o'rnini hech narsa bosolmaydi. Orzular mehnatsiz amalga oshmaydi.
Nilufar Haqberdieva,
 Samarqand Chet tillar Universiteti 2-kurs talabasi.