Mutaxassis maslahati O'TKIR YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARINING OLDINI OLISH

Yurtimizda  ayni damda poliz ekinlari va turli sarhil mevalar g'arq pishgan palla. Bu mavsumda ko'proq qovun-tarvuzlarga ehtiyoj yanada oshadi. Shu bilan birga bu faslda bolalar o'rtasida turli ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillar ham paydo boladi. Shulardan biri o'tkir yuqumli ichak kasalliklardir.
Kasallikni turli mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Ushbu mikroorganizmlar iliq-issiq sharoitlarda tez ko'payishi sababli kasalliklar asosan kech bahor, yoz va kuz mavsumlarida ko'proq uchraydi.     
Kasallikning yuqish yo'llari va keltirib chiqaruvchi omillari:
*Bolalarga beriladigan qo'shimcha ovqatlarni tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalari hamda saqlash sharoitlariga rioya qilmaslik;
*Qaynatilmagan suvni ichish;
*Uyda va jamoat joylarida ozodalik-orastalikka rioya qilinmaganda, ayniqsa qo'llar ovqatdan oldin va hojatdan keyin sovunlab yuvilmaganda;
*Uyda va jamoat joylarda shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda;
*Meva-sabzavotlar va poliz mahsulotlarini yuvmasdan iste'mol qilish;
*Yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlar hamda har xil turdagi salatlarni iste'mol qilish;
*Ushbu kasallik bilan og'rigan bemor bilan muloqotda bo'lganda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik;
Belgilanmagan ochiq suv havzalarida (favvoralar, kanallar va h.k.) cho'milganda suv bilan mikroblarning organimzmga tushishi;
Kasallik qo'zg'atuvchilarini tashuvchi pashshalarning ko'payishi.
Kasallik alomatlari:
*Umumiy holsizlik,  
*Qorin sohasida og'riq bo'lishi;
*Ishtahasizlik;
*Ko'ngil aynishi;
*Qayt qilish;
*Ich ketishi;
*Tananing suvsizlanishi;
*Talvasalanish. 
Agarda, o'zingizda yoki oila a'zolaringizda kasallikning ilk belgilari sezilsa, zudlik bilan oilaviy poliklinikalar, OShPlarning shifokoriga murojaat qilish va ularning tavsiyasiga ko'ra davo muolajalarini olish kerak.
Kasallikning oldini olish borasidagi zarur profilaktik tadbirlar:
*1 yoshgacha bo'lgan bolalarni ko'krak suti bilan boqish, 6 oydan keyin beriladigan qo'shimcha ovqatlarni tayyorlash jarayonida   sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilinishi, ular uchun ovqatlarni bir marta ovqatlantirishga yetadigan miqdorda tayyorlash, shu maqsadda ishlatiladigan polietilen va shisha idishlarni yuvilishi hamda qaynatilishini ta'minlash;
*Suvni qaynatilgan holda ichish;
*Ho'l meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib iste'mol qilish;
*Ovqatlanish tartibi hamda madaniyatiga e'tibor berish, ya'ni meva sabzavotlar hamda poliz mahsulotlari iste'mol qilinganidan so'ng qaynatilmagan suv ichmaslik yoki ularni yog'li ovqatlar bilan bir vaqtda iste'mol qilmaslik;
*Sovutgichlarni toza tutish, undagi mahsulotlarni yangilab turilishiga e'tborli bo'lish;
*Bolalarda yoshligidan so'rgichdan  foydalanishini  ta'qiqlash;
*Uyda va jamoat joylarda shahsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
*Cho'milish uchun mo'ljallangan suv havzalarida cho'milish;
*Qo'llarni ovqatdan oldin va xojatdan keyin sovunlab yuvish va bu ko'nikmani bolalarga yoshligidan singdirib borish;
*Kundalik turmushni to'g'ri rejalashtirish, jismonan faol bo'lish;
*Uyida va jamoat joylarida  ozodalik va orastalikka rioya qilish;
*Pashshalarni ko'payishiga yul qo'ymaslik kerak.
Zarifa Samandarova,
 tuman SEO va JSB epidemiolog 
vrach yordamchisi.