Ruhiy salomatlikka e'tibor - kelajakka e'tibor

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi "Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 196-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, 2023-yil iyul oyidan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadigan psixiatriya yordamining kafolatlangan hajmlari ro'yxati tasdiqlanadi. Markaz va uning hududiy bo'linmalariga Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxatiga kiritilmagan tibbiy xizmatlarni pullik asosda ko'rsatishga ruxsat berildi.
2023-yil 1-sentyabrdan boshlab tibbiyot xodimlarini "psixiatriya" va "narkologiya" ta'lim yo'nalishlaridagi mutaxassisliklar bo'yicha qayta tayyorlash kurslarida o'qitish xarajatlari Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo'llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi; 2023/2024 o'quv yilidan boshlab "Psixiatriya", "Tibbiy psixologiya" va "Narko-logiya" klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari doirasida faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi hamda`qabul ko'rsatkichlari ushbu-mutaxassisliklarga bo'lgan haqiqiy ehtiyojni o'rganish asosida shakllantiriladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi 2023-2024 yillarda Iqtidorli ya malakali tibbiyot mutaxassislarini qo'llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassa-salariga jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan ruhiy kasalliklar shifoxonalari va dispanserlarining kamida 40 nafar mutaxas-sislarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari hamda markazlariga malaka oshirish va stajirovka o'tash uchun yuborish choralarini ko'rib, o'tkazilgan tanlov natijasida g'olib bo'lgan Samarqand viloyatidan 3 nafar yosh, iqtidorli mutaxassislar nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalarida malaka oshirish uchun tegishli xujjatlar tayyorlanmoqda.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o'quvchilarda o'zini o'zi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni samarali hal etish ko'nikmalarini shakllantirish, depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish bo'yicha maxsus ijtimoiy-emotsional o'quv soatlarini (Social Emotional Learning) umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar orqali yo'lga qo'yiladi. O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga ish joyida ruhiy buzilishlarning oldini olish maqsadida xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini nazorat qilish kuchaytiriladi. O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasiga nuroniylarni qo'llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirishda ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023-yil avgust oyi "Keksalar va nuroniylarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish" aksiyasi e'lon qilinib, viloyat sog'liqni saqlash tizimi xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik o'tkazildi.
B.Kalandarov, 
G.Djumayeva,
Samarqand viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi shifokorlari.