Pfizer/BioNTech COVID-19 vaksinasi

Germaniyaning BioNTech biotexnologiya kompaniyasi tomonidan Amerika Pfizer va Xitoyning Fosun Pharma bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi mRNA asosidagi vaksinadir. Pfizer — BioNTech COVID - 19 vaksinasi deb nomlangan pandemiyaning dastlabki bosqichlarida Comirnaty  savdo belgisi ostida tarqatilgan.
2021-yil BioNTech kompaniyasi amerikalik hamkori Pfizer bilan birgalikda 2022-yilda 3 milliard dozagacha koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarmoqchi. Ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirishi ham mumkin. Biroq vaksina miqdori talabga bog‘liq. 
Preparat mushak ichiga yuborishga moʻljallangan. Bu lipid nanozarrachalarida  joylashtirilgan SARS-CoV-2 boshoqli oqsilining mutant shaklini kodlovchi nukleosid-modifikatsiyalangan mRNKdan iborat vaksinadir. Emlash uchun uch hafta oraligʻida ikki doza qabul qilinadi.
Vaksina 2020-yil avgust va sentabr oylarida minglab odamlarda sinovdan oʻtkazilgan. Sinovlarda jiddiy yon taʼsiri qayd etilmagan. Noyabr oyiga kelib, oraliq test tahlili doirasida COVID-19 tashxisi qoʻyilgan va ushbu vaksinani qabul qilgan tadqiqot ishtirokchilarida tekshiruv olib borilgan. Unda ikkinchi dozadan keyin yetti kun ichida infeksiyani oldini olishda 90 foizdan yuqori samaradorlikka erishilgani maʼlum boʻlgan. Bolalarga, homilador ayollarga yoki immunitet tanqisligi boʻlgan odamlarga qarshi emlashning samaradorligi va immunitetga javob berish muddati hozircha nomaʼlum.
Uchinchi bosqich sinovlari hali ham davom etayotgani sabab favqulodda vaziyatlarda avtorizatsiya talab qilinadi: asosiy natijalarni kuzatish 2021-yil avgust oyiga qadar va ikkinchi darajali natijalarni kuzatish 2023-yil yanvar oyiga qadar davom etadi. Buyuk Britaniya ushbu vaksinani favqulodda vaziyat protokoli boʻyicha foydalanishga ruxsat bergan birinchi mamlakat boʻldi. Undan keyin Bahrayn, Saudiya Arabistoni va AQSh, Kanada esa tezkor koʻrib chiqish jarayonidan soʻng toʻliq marketing vakolatini olgan.
Buyuk Britaniyaning sogʻliqni saqlash xizmati tomonidan koronavirusning „hindcha“ shtammiga qarshi qaysi prepatar samarali ekanini aniqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazilgan. Unda ijobiy natija koʻrsatgan vaksinalar qatorida Pfizer ham qayd etilgan. Pfizer vaksinasining ikki dozasi „hindcha“ shtammning „B.1.617.2“ turiga qarshi 88 foiz va Britaniyaning „B.1.1.7“ koronavirus variantiga qarshi 93 foiz samarali boʻlgan. Shuningdek, Texas universiteti olimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqotda vaksina laboratoriya sharoitida «brazilcha» shtammni zararsizlantira olgan. Jarayon davomida klinik sinovlarning so‘nggi bosqichida qatnashganlardan olingan qon namunalari tahlil qilingan. Natijada ishtirokchilarning qonida yangi shtammlarni zararsizlantira oladigan antitanachalar paydo bo‘lganligi aniqlangan. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Pfizer vaksinasi koronavirusning nafaqat oddiy, balki xavfli shtammlarini ham zararsizlantira olgan. Xususan, tadqiqot davomida vaksina britancha hamda brazilcha shtammni bir xil, Janubiy Afrika shtammini esa nisbatan pastroq ko‘rsatkichda zararsizlantirdi.
Oqdaryo tuman SEO va JS bo‘limi axborot xizmati