14-yanvar-Vatan Himoyachilari kuni

Yurtimizda Vatan himoyachisi kabi ulug‘vor ishga o‘zini bag‘ishlagan xarbiylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib, har yili “14-yanvar” katta bayram va shodiyona bilan o‘tkaziladi.
Albatta, vatanni himoya qilish bilan hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari bo‘lgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Bu kabi e’tibor va e’tirof ma’suliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bag‘ishlaydi.
1992-yil 14-yanvar kuni esa mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim tadbirga qo‘l urildi. Respublika Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimiz xududidagi barcha harbiy tuzilmalar mustaqil O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari tashabbusiga asosan qabul qilingan mazkur hujjat armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqilishiga yo‘l ochdi. 1993-yilning   29-dekabrda 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.
Bugungi kunda dunyoning turli joylarida keskin tus olayotgan vaziyatda, xalqaro terrorizm, ekstremizim va radikalizm xavf-xatarlari barchamizni ogoh bo‘lishga chaqiradi va Qurolli kuchlarimizdan  esa yuqori darajadagi jangavor qobilyatni mustahkamlashni talab etadi. So‘nggi yillarda davlatimizda harbiy-siyosiy masaalalarda ham tubdan islohatlar amalga oshirilib, milliy armiyamiz har qanday tahdidlarga munosib zarba beradigan jangovor qudrati yildan-yilga oshib bormoqda.
Harbiy o‘quv yurtlarimizdagi ta’lim tizimi tubdan o‘zgarmoqda, ularda bo‘lg‘usi ofeserlarni tayyorlash va tarbiyalash xozirgi zamon talablariga to‘la mos keldigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi bo‘lgan o‘quv-texnika va ma’naviy-ahloqiy asosda yo‘lga qo‘yilgan. Armiya saflariga, avvalombor, mustaqil va suveren O‘zbekistonimizga xizmat qilish, uning manfaatlari va sarxadlarini, xalqimizning tinch va osuda xayotini himoya etishga azmu qaror qilgan mard va fidoyi, intellektual jihatdan tarbiya topgan yetuk kadrlar keladi.
O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohatlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarxadlarimiz  daxlizligini ishonchli ximoya qilishga, aholimizning tinch va osuda xayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakillantirildi.
Bundan tashqari har bir harbiy xizmatchining bilimi, malakasi hamda ruhiy tayyorgarligi oshirilib borilmoqda. Ularning oilalariga munosib sharoitlar  yaratish 
maqsadida imtiyozli kreditlar asosida ko‘p qavatli uylar, farzandlarini oily ta’lim muassasalariga davlat grandi asosida o’qishga qabul qilish, harbiy shaharchalarni obod qilish hamda zamonaviy infratuzilma barpo etish kabi masalalarga alohida e’tibor qratilmoqda.
14-yanvar kuni esa mamlakatimizda faqatgina xarbiylarimiznigina emas, balki barcha yurtdoshlarimiz ham tinchlik va osoyishtalik bayrami kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Muxtasar qilib aytganda, tinchlik bor joyga bayramlar yarashadi, shuning uchun jannatmakon diyorimizda ushbu tinchlikni ta’minlab kelayotgan harbiy xizmatchilarni yana bir bor ushbu bayram bilan muborakbod e’tib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va albatta masulyatli xizmatlarida kuch-quvvat tilab qolamiz.  
BAXTIGUL ASROROVA