Adliya xabarlari HIMOYA ORDERI: TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN JABRLANGAN AYOLLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT

My.gov.uz portalida ayollarni himoya qilishga yordam beruvchi xizmat ishga tushirildi. Endi tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar himoya orderini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko'rib chiqiladi.
Himoya orderi zo'ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qo'yish orqali jabrlanuvchini himoya qiladi.
Order qanday cheklovlarni o'z ichiga oladi?
Tazyiq va zo'ravonlik sodir etishni taqiqlash; zo'ravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash, jabrlanuvchi va zo'ravonning bir xonada bo'lishini taqiqlash; zo'ravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanishi, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararini qoplash majburiyatini yuklash; zo'ravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar.
Eslatma: Himoya orderida qonunchilikda belgilanmagan boshqa cheklovlarni qo'yish taqiqlanadi.
Zo'ravonlikka yo'l qo'ymang! O'zingizni himoya qiling!
S.SALOXITDINOV,
tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi
direktori.
Мавзуга оид:

KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
- 08 ноя, 10:15

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30