Adliya xabarlari KIMLAR DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM OLADI?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.06.2023-yildagi "Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi O'RQ-848-son Qonun imzolandi.

Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaхslar davlat hisobidan bepul yuridik yordam olish huquqiga ega bo'lishmoqda:

1). Kam ta'minlangan shaxslar, agar ular:

fuqarolik ishlari bo'yicha da'vogarlar yoki javobgar bo'lsalar;

ma'muriy ishlar bo'yicha arizachilar;

ma'muriy qamoq tarzidagi ma'muriy jazo nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;

jinoyat ishlari bo'yicha gumon qilinuv-chilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo'lsa.

2). Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga  psixiatriya yordami ko'rsati-layotganda.

3). O'z huquqlari buzilgan, хotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaхslar.

4). Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo'yicha advokat ishtirok etishi shart bo'lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

Davlat hisobidan yuridik yordam yuqoridagi jismoniy shaхslarga fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga va ma'muriy sudlarga taalluqli bo'lgan quyidagilar haqidagi ishlar bo'yicha ko'rsatiladi:

ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to'lash to'g'risidagi;

ishga tiklash haqidagi;

ish haqini undirish to'g'risidagi;

alimentlarni undirish haqidagi;

uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo'qotgan deb topish va ko'chirish to'g'risidagi;

mehnatda mayib bo'lganlik yoki sog'liqning boshqacha tarzda shikastlan-ganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rnini qoplash haqidagi;

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga хilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi.

Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta'minlangan shaхslarga davlat hisobidan yuridik yordam ma'muriy qamoq tarzidagi jazo nazarda tutilgan huquq-buzarlik sodir etilgan hollarda ko'rsatiladi.

Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaхslarga psiхiatriya yordami ko'rsatilayotganda davlat hisobidan yuridik yordam:

tashхis qo'yish, davolash va reabilitatsiya qilish;

tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash;

jinoyat, fuqarolik ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud-psiхiatriya ekspertizasini o'tkazish vaqtida ko'rsatiladi.

Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi to'g'risidagi ishlarni sudlarda ko'rish chog'ida davlat hisobidan yuridik yordam quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ko'rsatiladi:

davlat fuqarolik хizmati sohasida;

saylov huquqlarini amalga oshirishda;

iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik faoliyatida;

mehnat munosabatlarida;

ijtimoiy himoya sohasida;

oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida;

ta'lim, ilm-fan, madaniyat hamda sog'liqni saqlash sohasida.


X.Yaxshiboyev,

tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh

yuristkonsulti.