Nuroniylarni qo'llab-quvvatlash hamda ular tajribasini hayotda tadbiq etish

Tumanimiz bo'yicha   2022-yilda 37 nafar front orti keksalarimiz bo'lib, hozirgi kunda ularning soni 31 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning holidan xabar olib turish joylardagi sektor rahbarlari, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar maslahatchilari qolaversa, biz nuroniylarning hamda kengash a'zolarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Tumanimizda o'tgan yil mobaynida 275 ta sharoiti og'ir va kam ta'minlangan keksalarimiz mavjud bo'lib, ularning holidan xabardor bo'lib turish barcha mutasaddi tashkilotlar hamda faol nuroniylarimiz e'tiborida bo'ldi. Shulardan 170 tasi yolg'iz va yakka yolg'iz keksalarimizdir. Ulardan xabar olib turishlik tuman hokimligi, sektor rahbarlari hamda mahalla xodimlarining asosiy vazifasidan iborat bo'lib, ularning holidan xabar olish bo'yicha chora-tadbirlar tuzildi. Belgilangan chora-tadbir asosida yil davomida yolg'iz va keksalarimizdan xabar olib turildi. Ularning holidan sektor rahbarlari xabar olishib, nogironlik aravachalari hamda sovg'a-salomlar bilan ta'minlanishdi. Undan tashqari "Nuroniylar Kengashi" viloyat bo'limi tomonidan 14 ta dam olish yo'llanmasi, 22 ta yumshoq jihozlar, 6 ta nogironlik aravachasi, 8 ta eshitish moslamasi, 8 ta qo'ltiqtayoq bilan ta'minlandi. Shuningdek, 365 nafar keksalarimizga Samarqand shahri va viloyatdagi ziyoratgohlarga safarlar uyushtirildi.
Tumanda o'tgan davr mobaynida nuroniy-larni qo'llab-quvatlash va ularning hayotiy tajribasidan unumli foydalanish borasida ham bir qator ibratli tadbirlar amalga oshirildi.
Tumanimizda nuroniylar jamoatchilik kengashi 11 kishidan iborat. Ularning sifati jihatidan ya'ni turli kasb egalari, mohir o'qituvchi murabbiylar, qishloq-xo'jalik xodimlari, yuristlar, ijtimoiy soha vakillari hamda tumanimizda yillar davomida samarali mehnat qilgan eng faol sobiq rahbar xodimlardan iboratdir.
Ushbu saylangan kengash a'zolarimiz o'z ish dasturlari bilan ishlarini tashkil qilishgan. Undan tashqari Nuroniylar Kengashi qoshida "Buvijonlar maktabi" guruhi ham tuzilib, ushbu jamoa ham ish rejasi asosida hozirda yoshlarga maktablarda, bolalar bog'cha-larida mahorat darslarini o'tib yoshlarni hayotiy tajribalarini oshirib borishmoqda. 
Kengash qoshida keksalarni sport bilan shug'ullantirish va ular o'rtasida mashg'ulotlar olib borish borasida tumanimizning mohir sportchi murabbiy, sport hakami B.Umirov ish olib bormoqda. Keksalar va yoshlarimiz o'rtasida musobaqalar tashkil qilinib, samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 
Tumanimizda mavjud 35 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida bevosita aholi keksalar bilan ishlash uchun mahalla Kengashlari tuzilib, faol nuroniy-larimizdan mahalla raisi maslahatchilari (jamoatchilik asosida) saylanib, ular ham mahalla raislari, xotin-qizlar bilan yoshlar yetakchilari,  profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari bilan hamkorlikda ishni tashkil qilganlar.
Ularning hamkorligida tumanimizda mavjud 533 ta muammoli yoshlar bilan ishlarni tashkil qilib, hozirda ushbu muammoli yoshlar 67 nafar faol nuroniylarimiz, hokim yordamchilari, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari hamkorligida 506 taga kamaytirishga erishildi.
2022-yiling dekabr holatiga 27 nafar tarbiyasi og'ir, JEMdan qaytgan, ajrim yoqasidagi muammoli yoshlar qolmoqda. Ushbu muammoli yoshlar bilan hozirgi kunda ishlar olib borilib, ularni muammolarini hal qilish chora-tadbirlari ko'rilmoqda.
Yurtimizda bo'layotgan bunyodkorlik ishlarni, siyosiy jarayonlarni aholining ijtimoiy ahvoli to'g'risida bo'layotgan va olib borilayotgan ishlarni tumanimiz aholisiga to'g'ri targ'ib qilish va tushuntirib borish, obod mahalla,  obod ko'chalar bo'layotganligini ko'rsatib, tushuntirib berish maqsadida maslahat guruhlari tomonidan turli xil  uchrashuvlar o'tkazib kelinmoqda. 
Bu boradagi ishlarimizni yanada ko'proq tadbiq qilishimiz uchun mahallalarimizdagi faol nuroniylarimizni sa'y-harakatlari katta ahamiyatga egaligini ta'kidlab qolamiz. 
 Dilfuza Mamadiyarova,
 tuman Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i.