Maktabgacha ta'lim BOLALARNING JISMONIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUHIM DAVR

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni har tomonlama hayoti va sog'ligini muhofaza qilish hamda ta'lim-tarbiya jarayonida sog'lomlashtirishni tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.

Jismoniy harakat inson uchun ayniqsa, bolalik va o'smirlik bosqichlarida hayotiy zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish davri hisoblanadi. Jismoniy harakatlarsiz bolalarning ijodiy faoliyati va jismoniy qobiliyatlarini yetarli darajada rivojlanmasligiga olib keladi. Harakatni cheklash yoki uni buzish hayotning har bir bosqichida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi.

Ma'lumki, bolalik davrida o'sib kelayotgan organizim uchun juda ko'p harakat zarurdir. Jismoniy harakatsizlik esa bolalarni tez charchashga, o'sishini sekinlashishiga, rivojlanishi susayishiga va turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyatlarini kamaytiradi. Ko'p harakat qilgan bolalarda jismoniy va psixik takomillashuv va rivojlanishi  vujudga keladi.

Bolalarning to'laqonli rivojlanishi uchun aqliy va jismoniy yuksalishlardan oqilona foydalanishi katta ahamiyatga ega. Kun tartibida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarini rejalashtirishda ulardan keng foydalanish maqsadga mivofiqdir.

Masalan, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi tayyorgarligini uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan to'g'ri tashkillashtirish uchun bolalar fiziologiyasi va psixologioyasini yaxshi bilish shart va ularga suyangan holda har bir mashg'ulot oldidan aniq vazifalar qo'yilishi lozim. Vazifalar soni 2-3 tadan iborat bo'lib, vazifalarga binoan asosiy harakatlar, mashqlar va harakatli o'yinlar tanlanadi.

Bu davrda bolalarning jismoniy tarbiyasini to'g'ri tashkil etish, ilk yoshdan boshlab jismoniy ko'nikma va malakalarni shakillantirish va har tomonlama uyg'un riuvojlantirish asosiy talablardan hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolaning jismoniy rivojlanishi va uning faol harakatlanishiga imkon yaratish, ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni va metodlarini ishlab chiqishga ilmiy yondashish, chiniqtirish, chidamlilikni oshirish, harakat qilishning zarur ko'nikmalarini tarbiyalash: mashg'ulotlarda va o'yin faoliyatida mustaqil fikrlash, jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan muhabbatni tarbiyalashga oid muhim masalalarni hal etish lozim.

Bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikning asosiy tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgar-lik sifati zamonviy usul va malakalarni qo'llashdan hamda jismoniy tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan to'g'ri qo'yilganligiga bog'liq.

Maqsadga yo'naltirilgan pedagogik ta'sir natijasida bolaning sog'ligi mustah-kamlanadi. Shaxsni har tomonlama jismoniy rivojlanishi uchun harakatlar harakat qobiliyatlari ko'nikmalar va jismoniy sifatlar rivojlanadi. Harakat qobiliyatlarini rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasida muhim o'rin egallagan. Amalyotining ko'rsatishicha, ko'pgina bolalar kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik kabi asosiy harakat qobiliyatlari yetarli darajada rivojlanmaganligi sabali yugurish, sakrashlar, uloqtirishlardan yuqori natijalarga erisha olmaydi.

Shunday ekan, maktabgacha ta'limning zamonaviy rivojlanish bosqichida amaliyotga aynan harakatli o'yinlar, raqs va sport, sog'lomlashtirish bilan bog'liq bo'lgan barcha sog'lomlashtirish texnologiyalarining keng joriy etilayotganligi bejiz emas. 


Baxtigul Asrorova.