FESTIVAL KO'TARINKI RUHDA O'TDI

Festivalda tuman hokimi Sh.Qudratov, tuman hokimi o'rinbosari Ch.Ortiqova, viloyat BABM direktori F.Nazarova, viloyat MMTBning vakili J.Hushvaqtov, tuman BABM direktori M.Xolboyevalar so'zga chiqishib, barcha ishtirokchilarga omad tilashib, kelajakda o'z kasbining yetuk mutaxassislari bo'lib qolishlarini tilashdi. Shundan so'ng festival qatnash-chilarining ijodiy ishlaridan bahramand bo'lishdi.
Festival davomida to'garak rahbari va to'garak a'zolari tomonidan konsert dasturlari bo'lib o'tdi. Festival qatnashchilari tomonidan ona Vatan, ota-ona, ustozlar haqidagi kuy-qo'shiqlar kuylandi, sahna ko'rinishlari ijro etildi va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo'lishdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bunday tadbirlar o'quvchi yoshlarni vatanga bo'lgan muhabbatini yanada oshiradi va kelajakda o'z o'rnini topishida, kasb tanlashga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
Samarqand viloyatining 16 ta tumanidan ishtirok etgan ushbu festivalda eng faol, shijoatli yoshlar saralab olindi va munosib taqdir-landilar. Festival katta qiziqish bilan ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
Fayoziddin Raxmatov,
tuman BABM Kompyuter grafikasi to'garagi rahbari.
Мавзуга оид:

XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39

BARKAMOL AVLOD YOSHLARI YUQORI MARRALAR SARI
- 13 июн, 15:23

Referendumga tayyorgarlik qizg'in
- 04 апр, 12:08

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30