TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR – AMALDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH MAQSADIDA
Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz jonajon yurtimizning gullab-yashnashi, o'zbek xalqining farovon yashashini ta'minlash maqsadida barcha sohalarda izchil islohotlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, ta'lim sifatini yaxshilash borasida juda katta samarali ishlar amalga oshirilayotganligidan biz pedagoglar ham mamnunmiz.
Darhaqiqat, ta'lim sohasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish borasida mamlakatimizning barcha joylarida ibratli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, bizning Oqdaryo tumanida ham ta'lim sifatini oshirish, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida e'tibor berilmoqda.
Tumandagi 45-IDUMda ham yurtboshimiz islohotlarini hayotga tatbiq etish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilayapti. Hozirgi kunda maktabimizda 1800 nafardan ortiq o'quvchi-yoshlarga 130 nafar o'qituvchilar ta'lim va tarbiya berishmoqda. Maktabimiz o'quvchilari tuman, viloyat va respublika miqyosida o'tkazilayotgan fan olimpiadalari va turli xil tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishmoqda.
O'rni kelganda shuni ham ta'kidlash kerakki, maktabimizda o'quvchilar sonining yildan-yilga ortib borayotganligi hamda o'quv darslarining 2 navbatda o'tilayotganligi ta'lim sifatiga, qolaversa, o'quvchilarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ayrim muammolarni keltirib chiqarayotgan edi. Shu munosabat bilan ikki yil davomida maktabimiz jamoasi "Open byudjet" tanlovida ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Bugungi kunda ta'lim maskanimizni yanada kengaytirish, sport maydonlarini qurib, foydalanishga topshirish maktabimizdagi mavjud sinf xonalarini talab darajasida jihozlash hamda samarali darslar o'tilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. 2023-2024-o'quv yili davomida maktabning ikki yon tomonidan ikki qavatli 8 xonadan iborat, bir qavatli 7 xonadan tashkil topgan sinf xonalari bitkazilib, foydalanishga topshirilgan edi. Ayni paytda o'quvchilar keng va yorug' xonalarda tahsil olishmoqda.
Bir so'z bilan aytganda, pedagogik jamoamiz maktab direktori K.Berdiqulov rahbarligida ko'zlangan maqsad va rejalarni amalga oshirish maqsadida astoydil harakat qilishayotir.

Nilufar SAIDOVA,
45-IDUM o'qituvchisi.
Мавзуга оид:
KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
- 08 ноя, 10:15
XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30