KITOBLAR VA INTERNET OLAMI


Hozirgi kunda bilim olish va ma'lumot to'plashda kitoblar va internet eng asosiy manbaalardir. Har biri o'zining afzalliklari, kamchiliklari va uslubi bilan ajralib turadi. Kitoblar an'anaviy va  insoniyat tarixida o'z o'rnini mustahkamlab kelgan qadimiy bilim manbalaridir. Ular butun bir mavzuni keng yoritib, chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Kitoblar nafaqat ma'lumot, balki tafakkur va ilmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Uning afzalliklari,  mavzuni batafsil yoritish imkonini beradi. Ular biror masalani har tomonlama ko'rib chiqadi va o'quvchiga keng ko'lamli fikrni o'zlashtirishga yordam beradi. Kitob o'qish jarayonida odamning diqqati ko'proq jamlanadi. Odatda, kitob o'qish uzoq vaqtni talab qilganligi uchun, bu jarayon o'quvchini yanada sabrli va chuqurroq o'ylashga undaydi, o'quvchini yangi g'oyalar bilan tanishtirib, uning dunyoqarashini kengaytiradi. Har bir yangi kitob yangi imkoniyatlar, yangi fikrlar ochadi. Kitob o'qish ko'proq vaqt talab qiladi.

Bugungi kunda odamlarning ko'pchiligi tezkor ma'lumot olishni xohlaydi va kitoblar bu talabni qondirishda qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Kitoblar ma'lu-motlarni nashr etishdan avval ko'p vaqt o'tadi, shuning uchun ular tezda eskirib qolishi mumkin. Internetga qaraganda yangilanish juda sekin bo'lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda internet, tezkor va keng ma`lumot manbai hisoblanib, internet - bu ma'lumot olishning eng tezkor va eng qulay usuli. Bugungi kunda har kimga osonlik bilan telefon, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalar orqali kerakli ma'lumotlarga kirish imkoniyati mavjud. Internetda nafaqat bilim olish, balki yangi fikrlar, g'oyalar, va bahs-munozaralar ishtirokchisi bo'lish mumkin. Internetda kerakli ma'lumotni darhol topish mumkin. Ma'lumotlarni qidirish va olish juda tez amalga oshiriladi, bu esa o'quvchiga ko'plab resurslarga tezda kirish imkonini beradi. Internet har doim yangilanib turadi. Dunyo bo'ylab voqealar va yangiliklar internetda real vaqt rejimida tarqatiladi, bu esa odamlarni eng so'nggi ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Unda   foydalanuvchilar bir-birlari bilan o'zaro aloqada bo'lishadi. Forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, va bloglar orqali odamlar fikr almashish, savollar berish va javob olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Lekin internetda juda ko'p chalg'ituvchi omillar mavjud. Bir nechta oynalarda ishlash va turli xil saytlarga kirish ko'pincha diqqatni jamlashni qiyinlashtiradi. Internetning yomon tomoni esa  noto'g'ri, unda ishonchsiz yoki yolg'on ma'lumotlar ham ko'plab uchraydi. Foydalanuvchilar faqat ishonchli manbalardan foydalanishlari kerak. Internetda ma'lumotlar tezda olinadi, lekin ular ko'pincha yuzaki bo'ladi. Ko'p hollarda foyda-lanuvchi ma'lumotni to'liq o'zlashtirishi yoki chuqur tahlil qilishi qiyin bo'lishi mumkin. Kitoblar va internet har bir o'ziga xos rolni bajaradi, lekin ularning birgalikda ishlashidan maksimal foyda olish mumkin. Kitoblar chuqur o'qish va ilm olishda yordam bersa, internet esa yangi g'oyalarni kashf qilish, yangiliklardan xabardor bo'lish va tezkor ma'lumot olishda samarali vosita bo'lib xizmat qiladi. Kitoblar va internet bilim olishda ikki xil, lekin bir-birini to'ldiruvchi manbaalardir. Bugungi kunda har ikkala manbadan ham birgalikda foydalanish bilim olish jarayonini yanada samarali va foydali qiladi. Bunda albatta kutubxonalarning o`rni beqiyosdir. 

Bizning tuman Axborot kutubxona markazimizda ham kitobxonlar uchun an`anaviy hamda internet orqali kitob o`qish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo`lib, kitobxonlarimiz barchasidan foydalanib kelishmoqda. Kitoblar va internetni ikkala manba sifatida samarali ishlatish bizga nafaqat tezkor ma'lumot olish, balki chuqurroq o'ylash imkonini ham beradi. Kitoblar bizni ko'proq tafakkur qilishga undaydi, internet esa yangiliklarni va o'zaro aloqalarni o'rnatishda yordam beradi. Agar biz ularni birgalikda ishlatsak, bilim olish jarayonimiz yanada samarali bo'ladi.

 Gulnoza Davurova,

     tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati mutaxassisi.