Ramazon - mehr-muruvvat oyi XAYRIYA TADBIRI O'TKAZILDI

"Ramazon - mehr-muruvvat oyi" munosabati bilan tuman sog'liqni saqlash bo'limi boshlig'i Tozagul Xoliqova tomonidan ehtiyojmand xonadonlarga tashrif amalga oshirilib, ushbu xayrli tadbirda kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida ularga oziq-ovqat mahsulotlari, zaruriy ro'zg'or buyumlari topshirildi. Suhbat jarayonida xonadon a'zolarining muammo va takliflari tinglanib, ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tegishli choralar belgilab olindi.
Shuningdek, oila vakillari salomatligi tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ko'rik jarayo-nida qon bosimi, umumiy sog'liq holati tekshirilib, zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur xayriya tadbiri jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Ramazon oyining ezgu qadriyatlari - bir-birini qo'llab-quvvat-lash, muhtojlarga yordam berish va yaxshilik ulashish kabi fazilatlar amalda o'z ifodasini topdi.
***
Maktab faqatgina bilim emas, tarbiya maskani hamdir. Shu bosdan, maktablarda o'quvchilarga fanlardan ta'lim berish bilan bir qatorda, tarbiyaviy mashg'ulotlar ham o'tkazilib boriladi.
Jumladan, tumanimizdagi 38-umumta'lim maktabining 2-"B" sinfida o'qituvchi va o'quvchilar ishtirokida Ramazon oyi munosabati bilan "Hadya" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy Xayriya tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o'quvchilar ota-onalari ko'magida olib kelgan turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini qutiga joylab, har kuni sinf xonalarini tozalovchi farrosh opalariga hadya qilishdi.
Bu kabi tadbirlar o'quvchi-yoshlar qalbida mehr-muhabbat, saxovat-peshalik, hamdardlik kabi tuyg'ularini shakllanishida xizmat qiladi.
BOSH MAQSADIMIZ - XOTIN-QIZLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH
- 02 сен, 10:02
KEKSA AVLOD VAKILLARI DOIMIY E'TIBORDA
- 20 ноя, 15:57
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30




