Ustozlar shogirdlar haqida ORZULARI OSMON QIZ

Fotima 2 yildirki uyda yakka tartibda ta'lim olmoqda. Biz ustozlar sinfdosh do'stlari bilan uning oldiga borar ekanmiz, uning qanchalar hayotdan mamnun ekanligini, keltirgan shukronalarini ko'rib nihoyatda quvonamiz. Ayniqsa, uning hayotga, ilm-fanga bo'lgan Intiluvchanligini guvohi bo'lib biz ham quvonch ko'z yoshlari bilan shukronalar aytib qaytamiz.
Do'stlari, dugonalari Fotimaning ko'ngil kechinmalarini tinglab, uning ko'nglini ko'tarishga harakat qilishadi. Fotima esa yaxshi o'qib, kelajakda shifokor bo'lish, buning uchun sog'ligini tiklash, o'qishga kirish uning birdan-bir maqsadi ekanligini eshitib, uning irodasiga, qobiliyatiga, izlanuvchanligiga tasannolar aytib qaytishadi.
Shunday ekan, har bir kunimizga, sog'ligimizga, barcha berilgan ne'matlar uchun yaratganga shukronalar keltirishimiz lozimligini anglab yetamiz. Bugungi kunda hayotdan nolib yashaydigan yoshlarimizga Fotimaning hayoti ibrat namunasidir.
Biz ham o'zining sabr-qanoati, yuksak e'tiqodi bilan hayot sinovlarini mardonavor yengib, yuksak marralar sari intilayotgan Fotima Mardiyevani orzu-maqsadlariga erishishini astoydil istab qolamiz.
Xayriniso QORABOYEVA,
30-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00