MAKTAB DIREKTORI NEGA QONUNNI BUZDI?
Departamentning Kattaqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro F.Yu.ning arizasi yuzasidan 15.08.2024-yilda o'tkazilgan tezkor tadbirda, maktab direktori E'zoza Doliyeva (ismi-sharifi o'zgartirilgan) F.Yu.dan uning qizi Z.A.ni maktabning iqtidorli 9-sinfiga qabul qilish evaziga kimyoviy ishlov berilgan 1 mln. so'm pullarni pora sifatida o'zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, prosessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida sudlanuvchi E.Doliyeva, Z.A.ni maktabning iqtidorli 9-sinfiga qabul qilish evaziga uning onasi F.Yuldoshevadan maktabning xo'jalik ishlari mudiri D.I. orqali 13.08.2024-yilda olgan 1 mln. so'm pullarni ixtiyoriy ravishda taqdim etgan hamda ushbu 1 mln. so'm pullar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida olib qo'yilgan.
Bayon etilganlarga ko'ra, sudlanuvchi E'zoza Doliyeva mansabdor shaxs bo'la turib, egallab turgan lavozim yo'riqnomasi hamda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 02.06.2015-yildagi 13-mh-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "O'quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o'rta ta'lim muassasasidan boshqasiga o'tkazish tartibi to'g'risida"gi Nizom talablarini qo'pol ravishda buzib, o'ziga yuklatilgan vakolatdan moddiy naf ko'rish maqsadida foydalanib, Z.A.ni Kattaqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 40-umumiy o'rta ta'lim maktabiga qabul qilish va iqtidorli 9-sinfiga o'tkazish evaziga moddiy qimmatliklar olgan.
Sudlanuvchi Doliyeva E'zoza, O'zbekiston Respublikasi JK 210-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan 1 yil muddatga muayyan huquqdan, ya'ni Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

I.DONIYOROV,
jinoyat ishlari bo'yicha Kattaqo'rg'on
tuman sudining raisi.
Мавзуга оид:
Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30