IJODIY YUTUQLAR TILAYMIZ!

Xalqimizni dunyoda ro'y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan voqif etib borayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnatlari diqqatga sazovordir. Shiddat bilan rivojlanayotgan jamiyatda zamon bilan hamnafas yashash uchun ham matbuotchilar xizmati tahsinga loyiqdir.
Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o'zining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan ko'tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi ma'naviy jasorat egalarigina qodir bo'ladi.
Jamiyatimizda so'z erkinligini ta'minlash, aholiga haqqoniy axborotlarni o'z vaqtida yetkazib berish, bir so'z bilan aytganda, xalqimizning ma'naviy dunyosini boyitish yo'lidagi mas'uliyatli, mashaqqatli va olijanob, ayni damda o'ta sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyat tilaymiz.
Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Xurshid MIRXODIYEV,
tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri.