Yuqumli kasalliklarga qarshi "emlash" kambag`allikni kamaytiradi

Kuz-qish mavsumi davrida har bir kishi 3-4 marta O`RK (Otkir resperator kasallik - nafas yo`llarining shamollashi) 2 marta O`RVI (O`tkir resperator verusli infeksiya) va 1 marta Gripp kasalligi bilan kasallanishi mumkin. Mavsum davomida bir kishi 6-7 marta kasal bo`lar ekan, bunda har bir kasallik holatiga kamida 200-400 ming so`m mablag` sarf bo`ladi. Oilada 1 yillik kuz-qish mavsumida har bir kishiga kamida 2 million so`m mablag` davolanish uchun zarur bo`ladi. Bunday holat oila budjetiga jiddiy zarar yetkazadi. Virusli gepatit «A» kasalligi (Sariq kasallik) bilan o`grigan bemorga davolash  uchun 2-2,5 million so`m mablag` sariflanadi va yana 2 yilgacha jismoniy chegaralanish tavsiya qilinadi.
Bugungi kunda respublikamizda "Milliy emlash kalendari" asosida 13 xil yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlari olib borilmoqda:
1.  Bo`g`ma kasalligiga qarshi 2-3-4 oy, 16 oy, 7 yosh, 16 yoshda;
2.  Ko`kyo`tal kasalligiga qarshi 2-3-4 oy,   16 oyda;
3.  Qoqshol kasalligiga qarshi 2-3-4 oy, 16 oy, 7 yosh, 16 yoshda;
4.  Qizamiq kasalligiga qarshi 6 oy, 1 yosh, 6 yoshda;
5.  Tepki kasalligiga qarshi  1 yosh, 6 yoshda;
6.  Qizilcha kasalligiga qarshi 1 yosh, 6 yoshda;
7.  Shol kasalligiga qarshi 2-3-4 oy, 16 oy, 7 yoshda;
8.  Virusli gepatit B kasalligiga qarshi tug'ilganda 1-kun, 2-3-4 oylikda;
9.  Rotavirus infeksiyasiga qarshi 2-3-4 oylikda; 
10. Pnevmoniya kasalligiga qarshi 2-3 oy, 1 yoshda;
11. Gemofil infeksiyaga qarshi 2-3-4 oylikda;
12. Sil kasalligiga qarshi tug'ilgandan 3-kun;
13.Odam papilomasi virusiga (bachadon bo`yni rakiga) qarshi 9 yoshda;
Epidimik ko`rsatma asosida virusli gepatit   “A” kasalligigga va gripp kasalligiga qarshi emlash tavsiya qilinadi. 
Emlash kalendari asosida 13 xildagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlashlar chaqaloq tug`ulishidan boshlab 16 yoshgacha bo`lgan davrda belgilangan reja bo`yicha poliklinika, qishloq vrachlik punktlarining emlash punktla-rida bepul amalga oshiriladi. 
Virusli gepatit “A”, Gripp kasalligiga qarshi emlash epidimik ko`rsatma bo`yicha ota-onalar xohishiga ko`ra vaksina markazlarida pullik tarzda amalga oshiriladi.
Yuqumli kasalliklarga aynan emlanmagan bolalar va kattalar chalinadi. Yuqumli kasalliklar jamiatimizga juda katta manaviy va moliyaviy zarar yetkazadi. Qizamiq kasalligida o`lim   holati yuqori  kasallanishdan keyin aqliy va jismoniy rivojlanish pasayadi. Tepki kasalligidan keyin o`g`il-qizlarda bepushtlik asorati kuzatiladi. Shol kasalligiga chalingan bemor tuzalmaydi bir umr  to`shakka mixlanib, o`zgalar ko`magiga muhtoj bo`ladi. Gepatit “B” kasalligidan keyin jismoniy imkoniyat cheklanadi va jigar serrozi bilan yakunlanadi. Gepatit “A” bilan kasallangandan keyin farzandlarimizning jismoniy imkonyatlari chegaralanadi. Qoqsholga chalingan odam o`z vaqtida emlanmasa natijasi o`lim bilan tugaydi. Quturgan hayvonlardan jaroxat olganlar o`z vaqtida emlanmasa bunday kishilarni muqarrar o`lim kutadi.
Yuqumli kasallikka chalingandan so`ng:
-o`lim holatlarining yuqoriligi;
- aqliy va jismoniy rivojlanishning pasayishi; 
- farzandlarimizning repraduktiv faolyatiga nohush ta`sir etishi (bepushtlik);
- jismoniy imkonyatlarning chegaralanishi; 
-davolanish uchun katta miqdordagi mablag`ning sarflanishini hisobga olganda oilamizga va jamiyatimizga iqtisodiy va moliyaviy zarar juda yuqori ekanligini guvohi bo`lamiz.
Hurmatli yurtdoshlar, o`zingizni va oila a`zolaringizni yuqumli kasalliklardan asrash uchun emlashning ahamiyati eng samarali ekanligini unutmang. Oilangizda iqtisodiy va ma`naviy sog`lom muhitni yaratmoqchi bo`lsangiz, o`zingizni va oila a`zolaringizni o`z vaqtida, belgilangan muddatlarda shifokor maslahatiga asosan emlating! Zero, emlash orqali yuqumli kasalliklar bilan kasallanishning to`liq oldini olgan bo`lamiz.
A.BOZOROV, 
Sanitariya epidemiologik va jamoat salomatligi qo'mitasi tuman bo'limi boshlig' o'rinbosari, oliy toifali shifokor.