Bola tarbiyasida oilaning ahamiyati

Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi.

"Kishi uchun o`z bolasiga odob bermog`i uning birovga sadaqa qilganidan yaxshidir", 

deyishgan buyuk allomalarimiz.

Har bir oilada chaqaloq tug'ilar ekano'sha oilaga quvonch,

 qut-baraka olib keladi va shu bilan bir qatorda 

ota-onasi zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadiBolaning odobi va axloqi oilaviy 

muhitga

 bevosita bog'liqdirXalqimizda shunday naql bor: "Bola azizodobi undan aziz".

Oila tarbiyasi - oilada ota-ona yoki bobo-buvi, katta kishilar tomonidan 

bolalarni tarbiyalash yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o`rin

 tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta'sirchan kuch - oilada ruhiy 

xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro`sini yuqori bo`lishi, bolalarga 

talab qo`yishida oila kattalari o`rtasidagi birlik-       ning saqlanishi, bola 

shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida etibor berish, bolani sevish va izzatini 

joyiga qo'yishdan iboratdir. Oilada qat`iy rejim va kun tartibi o`rnatish, bola

 shaxsidagi o'zgarishlarni kuzatib borish,     undagi mustaqillikka 

intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qo'llab-quvvatlash bu borada o'ta muhimdir.

Oila qanchalik tartibli, uning a`zolari o'rtasidagi munosabat samimiy bo`lsa, bola tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo`ladi. Oilada qiz bolaning tarbiyasi o`ta nozik masaladir. Xalqimizda "Onasini ko`rib qizini ol", degan naql bor. Bu gapning zamirida katta ma`no mujassam. Oilada qiz bola onasining yurish-turishi, o'zini tutishidan dars oladi va shu xislatlarini hayotga tatbiq etishga harakat qiladi.

Yoshlikdan qizlarni mehnatsevarlikka, ozodalikka, shirinsuxanlikka, o`zidan kattalarni doimo hurmat qilib borishga undash va o`rgatish lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarninig mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan ham hamkorliklari muhimdir. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Bu borada har bir oila o`ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi. Zero yaxshi oiladan hech qachon yomon farzand yetishib chiqmaydi.


Nilufar Nishonova,

Jizzax davlat Pedagogika Universiteti Maktabgacha ta`lim yo'nalishi 2-kurs talabasi.