“QADRING BALAND BO`LSIN ONA TILIM”
Har bir millatning dunyoda borligini ko`rsatadigan oynai hayoti bu eng avvalo tilidir. Tildagi har bir so`z uning har bir shakli, inson tafakkuri va tuyg`usining natijasidir. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singgadi. Ona tili bu-millatning ruhidir. Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma`naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. O`zbekiston Respublikasi Davlar tili maqomi berilgan kunning 33-yilligi munosabati bilan Oqdaryo tuman Axborot-kutubxona markazida ham 17-21 okyabr kunlari “Qadring baland bo`lsin ona tilim” shiori ostida,“ Til millat ko`zgusi”, “Ona tilim jonu dilim”, “Tilga e`tibor elga e`tibor”mavzularida tematik kecha, davra suhbati va bibliografik sharhlar berildi. Tadbirda faol qatnashgan kitobxonlar, Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Rayxon Nizomova.
Abonement va foydalanuvchilarga
xizmat ko’rsatish xizmati raxbari
Мавзуга оид:

Unutilmas uchrashuv
- 07 янв, 10:24

MILLIY MADANIYATIMIZ KO‘ZGUSI
- 17 дек, 15:04

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00

"YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI" BIRLASHDIK
- 01 июл, 13:18

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
- 21 окт, 10:27