O'zbekiston - mening Vatanim SHUNDAY YURTIM BILAN FAXRLANAMAN

O'zbekiston - mening Vatanim. Men shu ona zaminda tug'ildim, o'sdim, oliy ma'lumotni egalladim. Hayotimning mazmuni hisoblangan oila qurdim, farzandlar va nabiralar ko'rdim. Ko'p yillar davomida pedagog sifatida faoliyat yuritib, ayni paytda esa keksalik gashtini surmoqdaman.
Men bejizga so'zimni ona Vatan haqida boshlamadim. Negaki, Vatan tushunchasi inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi: Vatan - ona kabi azizdir, uni shu yurtning har bir fuqarosi jon-dildan sevmog'i lozim. Dunyoda qanchadan-qancha go'zal shaharlar bor, yurtlar bor, lekin ularning hech birini bizning yurtimizdagi Zomin bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Baland tog'lar bag'rida joylashgan Zomin sanatoriyasini kichik Shveysariya deb atasak, mubolag'a bo'lmaydi. Ona diyori-mizning shunday mo'jizali va maftunkor go'shalari borligini bu maskanga borganlargina tasavvur qilishi mumkin. Shuni ham ta'kidlash lozimki, davlatimiz rahbarining rahnamoligi ostida bu maftunkor zaminda yurtimizning minglab aholisi dam olish bilan bir qatorda o'zlarining salomatliklarini tiklash uchun tashrif etishmoqda.
Mening turmush o'rtog'im Farhod Rahmatovni ancha yillardan buyon bronx yo'llari shamollashi kasalligi bezovta qilar edi. Kasallikni davolash uchun biz Zomin sihatgohi sari yo'l olar ekanmiz, tog' yon bag'ridagi archa daraxtlari, toshqin suvlar, turfa rang gullar, ayniqsa, kishiga ajib kayfiyat baxsh etuvchi toza tog' havosi, ertaknamo tabiati kishiga zavq-shavq baxsh etadi. Bunday ajoyib manzara, xushxavo maskan o'z yurtingning bir bo'lagi ekanligidan qalbingda faxr-iftixor tuyg'usi jo'sh uradi. Xalqimizning o'z qo'llari bilan baland tog'lar orasida shunday go'zal sihatgohni bunyod etganligi, bu maskan esa O'zbekis-tonning gavhari ekanligidan faxrlanasan kishi. Negaki, bu maskanni bunyod etishda mamlakatimizning butun xalqi ishtirok etgan bo'lsa, bugungi kunda yurtimizda yashab turgan turli millat vakillari ushbu maskanda dam olib, salomatligini tiklashmoqda.
Musaffo osmon ostida, osoyishta quyoshli kunlarda miriqib hordiq chiqarayotgan dam oluvchilar uchun sihatgohda barcha shart-sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlash kerak. Ayniqsa, tog' bag'ri bo'ylab sayohatga chiqish kishiga zavq bag'ishlaydi. Medisina xodimlarining davolanuv-chilarga bo'lgan diqqat-e'tibori, shirin muomalasi, oshxona xodimlari tomo-nidan tayyorlanayotgan xushta'm taomlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar har bir kunimizning mazmunli o'tishida yaqindan yordam berdi.
Har bir narsaning yakuni bo'lgani singari sihatgohdagi gashtli dam olish onlari ham o'z nihoyasiga yetib uyga qaytar ekanmiz, o'ylab qolasan kishi: O'zbekistonning biz bilgan va bilmagan yana qanday go'zal go'shalari bor ekan?! Ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ana shunday go'shalarni, inshootlarni ko'z qorachig'imizdek saqlashimiz va kelajak avlodga yetkazish bizning muqaddas burchimizdir.
Zomin sihatgohi ham jonajon O'zbekistonimizning ana shunday muqaddas go'shalaridan biri ekanligini yana bir bor alohida ta'kidlashni istardim. Negaki, bu sihatgoh o'z zaminida turli millat va elatlarni ham-jihat qilib birlashtirgan va bir oila farzandlaridek yashayotgan yurtimiz tarixiga olamshumul voqea bo'lib kirib keldi. Men ham shu muqaddas zamin farzandi ekanligimdan faxrlanaman.
Ozod va obod ona yurtimiz O'zbekiston hamisha gullab-yashnayversin!
Valentina ALIYEVA,
Yangi Ravot MFY, Uklon qishlog'i.

Shaxsiy fikr DARAXTLAR SOYA EMAS, KO'LANKA TASHLAMOQDA
- 01 авг, 10:00

AJAL OG"USI
- 10 окт, 14:14

OILA - JAMIYATNING BUGUNI VA KELAJAGI
- 19 май, 10:57

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00